AsosiyJamiyat

Ko`p viloyat va shaharlarni yopishga majbur bo`lamiz – Prezident karantin masalasida ogohlantirdi

'Ko`p viloyat va shaharlarni yopishga majbur bo`lamiz – Prezident karantin masalasida ogohlantirdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida xizmat ko`rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. 

Tadbir avvalida davlatimiz rahbari koronavirus bilan bog`liq vaziyatga to`xtalib, oxirgi paytda yurtimizda bu kasallikka chalinganlar soni oshgani, eng yomoni, aholi o`rtasida ham ko`plab ro`y berayotganiga e`tibor qaratdi. 

“Biz iqtisodiyotni inobatga olib, karantinni yumshatyapmiz. Shu bilan birgalikda karantin normalariga kelishganimizdek, bir karra emas, o`n karra e`tibor kerak. Men birinchi kundan karantin sharoitida yashash va ishlashga o`rganishimiz kerak deb aytganman. Lekin agar shunday davom etaversa, ko`p viloyatlar va shaharlarni yopishga majbur bo`lamiz”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Eslatib o`tamiz, yig`ilish davomida Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida so`nggi ikki haftada aholi orasida 482 ta holatda koronavirus aniqlanganini va ularning 57 tasida virusni yuqtirish manbasi noma`lum ekanini qayd etgan.

Bundan tashqari, virusning engil shakliga chalingan va kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlarni uyda davolash amaliyotini yo`lga qo`yish kerakligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar