Uzbekistan Airvays aviakompaniyasi joriy haftadan boshlab respublika ichidagi yo`nalishlar bo`yicha quyidagi qatnovlarni amalga oshira boshlashini e`lon qildi:
Toshkent-Nukus-Toshkent payshanba va yakshanba kunlari — Toshkentdan ketish 15:30 da, Nukusga kelish 17:10 da. Nukusdan ketish 19:40 da, Toshkentga kelish 21:00 da.
Toshkent-Urganch-Toshkent chorshanba va shanba kunlari — Toshkentdan ketish 15:30 da, Urganchga kelish 17:00 da. Urganchdan ketish 19:40 da, Toshkentga kelish 20:50 da.
Toshkent-Buxoro-Toshkent dushanba va juma kunlari — Toshkentdan ketish 10:30 da, Buxoroga kelish 11:40 da. Buxorodan ketish 14:10 da, Toshkentga kelish 15:10 da.
Havo kemasida va aeroport binosida karantin qoidalariga rioya qilish, shu jumladan tibbiy niqob va qo`lqopda bo`lishingiz kerak, deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o`tamiz, kecha, 16 iyundan Toshkentdan viloyatlarga jo`naydigan avtobuslar va temir yo`l qatnovlarining jadvali e`lon qilingan edi.






