AsosiyJamiyat

Toshkentda xizmat safarida bo`lib, koronavirus yuqtirib qaytgan surxondaryolik ishchi sabab 300 kishi karantinga olingan

'Toshkentda xizmat safarida bo`lib,  koronavirus yuqtirib qaytgan surxondaryolik ishchi sabab 300 kishi karantinga olingan'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov mahalliy televidenie orqali chiqish qilib, viloyatdagi hozirgi epidemiologik vaziyat hamda koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish uchun zarur profilaktik chora-tadbirlar ko`rilayotgani haqida ma`lum qildi.

Viloyat hokimining ta`kidlashicha, ayrim rahbar va xodimlarning, fuqarolarning karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishdagi e`tiborsizligi koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq epidemiologik vaziyatning keskinlashuviga sabab bo`lmoqda.

"Misol uchun, viloyat tashkilotlarining birida karantin qoidalariga rioya etilmaganligi, ya`ni xodimlarning ishga kelishida termometriya qilinmaganligi, antiseptik vositalaridan foydalanilmaganligi, 2 metrlik ijtimoiy masofa saqlanmaganligi, niqob taqish va dizenfeksiya ishlari amalga oshirilmaganligi natijasida Toshkent shahrida xizmat safarida bo`lib qaytgan bemor xodim ishga chiqib, hamkasablariga koronavirus infeksiyasining yuqishiga sababchi bo`lgan.

Buning natijasida ushbu bemor bilan muloqotda bo`lgan 300 nafardan ortiq fuqaro bugungi kunda karantinga olinib, 9 nafarining ushbu kasallikka chalinganligi tasdiqlandi. Yana bir nechta fuqaroda ushbu kasallik gumon qilinmoqda", - deya misol keltirgan viloyat hokimi.

Mavzuga doir: Termizga kirish-chiqish to`xtatildi.

Muzrabotda belgilangan tartibda o`tkazilmagan to`y sabab 250 kishi karantinga olindi.

    Boshqa yangiliklar