AsosiyJamiyat

Dori vositalarining narxi va ro`yxati e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portali – “data.gov.uz”da “Dori-darmon” Aksiyadorlik kompaniyasi 63 ta dorixonalarning ro`yxati hamda "Dori-darmon" AKning dorixonalaridagi dori vositalarining narxlari” e`lon qilindi.

“Dori-darmon" AK va uning tarkibiy bo`linmalari chakana dorixona tarmog`ida hozirgi paytga 1364 ta dorixona va dorixona filiali mavjud.
“Dori-darmon" AKning dorixonalar ro`yxati”da kompaniyaga qarashli dorixona manzili, telefon raqami, ish vaqti, joylashgan manzili elektron xarita havolasi orqali ko`rsatilgan.
"Dori-darmon" AKning dorixonalaridagi dori vositalarining narxlari” ro`yxatida Toshkent shahri va viloyati, Namangan, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hamda Termiz shahrida joylashgan "Dori-darmon" AKga qarashli dorixonalardagi 1729 ta dori hamda dori vositalarining nomlanishi, narxi, uni ishlab chiqargan korxona keltirilgan.
Ushbu ro`yxat dori-darmon vositalarining ustiga prays-varaqda ko`rsatilgan narxning ustiga qo`shimcha narx qo`yishning oldini olish maqsadida e`lon qilinmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar