1

Farg`onada o`g`irlik qilmoqchi bo`lgan shaxs jinoyat ustida qo`lga olindi

Jinoyat 17.06.2020, 14:42
Farg`onada o`g`irlik qilmoqchi bo`lgan shaxs jinoyat ustida qo`lga olindi

14 iyun kuni fuqaro Yu.V. Farg`ona shahri Tarona ko`chasidagi ko`p qavatli uyda yashovchi Z.B. ning yashash xonadonini kirish yo`lagida qarovsiz qoldirilgan narxi 820 000 so`mlik 2 dona bolalar aravachasi, 1 dona bolalar samokati va 1 dona bolalar velosipedini qulflab qo`yilgan temir zanjirli qulfini ochib,  o`g`irlamoqchi bo`lgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Yu.D. ga nisbatan Farg`ona shahar IIO FMB  huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Qonunchilikka asosan yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1