AsosiyJamiyat

Karantin sabab O`zbekistonda 41 000 dan ortiq yosh pasport olmagan. 16 yoshga to`lgan, ammo hali pasport olmaganlar OTMga hujjat topshira olmaydi

'Karantin sabab O`zbekistonda 41 000 dan ortiq yosh pasport olmagan. 16 yoshga to`lgan, ammo hali pasport olmaganlar OTMga hujjat topshira olmaydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi «2020/2021 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida» PQ-4749-son qarori bilan oliy ta`lim muassasalariga qabul qilishning davlat buyurtmasi (qabul kvota) tasdiqlandi. Oliy ta`lim muassasalariga qabul kvotalari o`tgan yilga nisbatan 20 foizdan qariyb 30 foizga oshirildi. Bu esa, bitiruvchilarga oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Mazkur yilda oliy ta`lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda Davlat test markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Ushbu onlayn qabul tizimi abiturientlarning fuqarolik pasportidagi jismoniy shaxslarning identifikasiya raqami (PiNFL) bilan bog`lanadi. Shu bois, oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirishda 16 yoshga to`lgan bitiruvchilar pasport olishlari muhim hisoblanadi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi ogohlantirmoqda.

Yurtimizda karantin cheklovlari joriy etilgani sababli pasport yoshiga (16 yosh) etgan 41 000 dan ortiq bitiruvchilar fuqarolik pasportini o`z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo`lmagan.

Aziz bitiruvchi yoshlar, hurmatli ota-onalar oliy ta`lim muassasalarida hujjatlarni qabul qilishda 16 yoshga to`lgan bitiruvchilarning pasport olishi zarur ekanligini inobatga olib, bu masalada Ichki ishlar organlarining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat etishlaringiz so`raladi.

Eslatib o`tamiz, oliy ta`lim muassasalariga qabul jarayonlari joriy yilning 20 iyun kunidan boshlab 20 iyul kuniga qadar davom etadi.

 

    Boshqa yangiliklar