Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portalida Davlat soliq qo`mitasining “Yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlar ma`lumotnomasi” nomli yangi xizmati ishga tushdi.
Bu xizmat soliq to`lovchi yuridik shaxslarga soliq turi bo`yicha soliq to`lovchilar toifasi, imtiyoz turi, amal qilish muddati, shuningdek soliq imtiyozlari taqdim etilishiga asos bo`ladigan normativ-huquqiy hujjat to`g`risidagi axborotni bir zumda olish imkoniyatini beradi.





