1

Olimlar virusni o`ldira olishi mumkin bo`lgan niqob yaratishdi. Narxi 1 dollar

Hi-tech 17.06.2020, 18:25
Olimlar virusni o`ldira olishi mumkin bo`lgan niqob yaratishdi. Narxi 1 dollar

Isroillik tadqiqotchilar bir necha marta foydalansa bo`ladigan tibbiy niqob yaratishdi. E`tiborlisi, ushbu niqob o`zini-o`zi dizinfeksiya qilishi mumkin ekan. Bu haqda O`zreport nashri yozmoqda. 

Olimlarning ma`lum qilishicha, ular yaratgan innovasiya mobil qurilmani quvvatlovchi uskuna yordamida o`zidan past darajadagi issiqlikni taratadi. 10 vatt quvvatlikdagi kuch 65-70 darajadagi issiqlikni bera oladi, ushbu harorat esa virusni o`ldirish uchun etarli.

Tibbiy niqob USB port bilan jixozlangan. Quvvatlantiruvchi uskunaga ulanganidan so`ng karbon tolalar asta-sekinlik bilan qizishni boshlaydi. Virusni o`ldirish uchun niqobni 30 daqiqa davomida taqish lozim.

Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, ular yaratgan tibbiy niqob ekologik toza mahsulotdir. 2020 yilda dunyo bo`ylab besh milliardga yaqin tibbiy niqoblar ishlab chiqarildi. Ularning ekologiyaga ta`siri esa havotirli.

Innovasiyaning narxi $1 dollar atrofida bo`lishi tahmin qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1