Ijtimoiy tarmoqlarda “Madaniy meroslarimiz tappidan iborat! Uyat, tariximizga befarq mutasaddilar” mavzusi ostida tanqidiy xabar tarqaldi.
Shunga ko`ra, “Qirq qiz saroyi” arxitektura yodgorligidagi holat Madaniyat vazirligi Axborot xizmati tomonidan o`rganib chiqildi.
O`rganishlar natijasida ushbu ob`ektga bugungi kunga qadar qorovul qo`yilmaganligi oqibatida qarovsiz holga kelib qolgani aniqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 avgustdagi “Muqaddas ziyoratgoh va qadamjolardan foydalanishni yanada takomillashtirish va ulardan samarali foydalanish to`g`risida”gi 708-farmoyishiga asosan Surxondaryo viloyatidagi mavjud 16 ta ziyoratgohlar va diqqatga sazovor joylar tekin foydalanish huquqi bilan uch tomonlama ijara shartnomasi asosida foydalanish uchun “Vaqf fondi”ga topshirilgan.
2019 yil 27 may kuni “Vaqf” xayriya fondiga “Qirq qiz saroyi” arxitektura yodgorligini restavrasiya va konservasiya qilish uchun loyiha smeta xujjatlarini tayyorlanib, madaniy meros departamenti bilan kelishilgan holda ta`mirlash ishlari olib borilishi lozimligi yuzasidan xat yuborilgan edi. 2019 12 dekabr kuni “Qirqqiz saroyi” arxitektura yodgorligida obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlarini olib borish lozimligi yuzasidan ikkinchi marotaba murojaat xati kiritildi.
2020 yil 15 iyun kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 01-09-834 sonli xati orqali yodgorlikni obodonlashtirish yuzasidan uchinchi marotaba murojaat xati yo`llanganini ma`lum qilamiz






