AsosiyJamiyat

Denovda "Zil"ni qarshisiga chiqib kelgan "Damas" haydovchisi halok bo`ldi

'Denovda "Zil"ni qarshisiga chiqib kelgan "Damas" haydovchisi halok bo`ldi'ning rasmi

Denov tumanida 13 iyun kuni taxminan soat 23.45 lar chamasida, tumanning “Shamoli” mahallasi hududidan o`tuvchi M-41 avtomobil yo`lining 1496-km.da, tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi Sh.Y. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobili bilan qarama-qarshi yo`nalishiga chiqib ketib, ushbu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan, Uzun tumani “Oqtumshuq” mahallasida yashovchi A.U. boshqaruvidagi "ZIL" rusumli yuk avtomobili bilan to`qnashgan. 

Natijada esa "Damas" haydovchisi Sh.Y. “hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir” tan jarohati olib, 16 iyun soat 16.30 da, kasalxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan 16 iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deyiladi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar