AsosiyJamiyat

Kanadada ishlashni istovchi o`zbekistonliklar uchun ish o`rinlari taklif etilmoqda

'Kanadada ishlashni istovchi o`zbekistonliklar uchun ish o`rinlari taklif etilmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Kanadada ishlash istagidagi fuqarolar diqqatiga mavjud bo`sh ish o`rinlarini e`lon qildi.

Kanadada turli sohalarda quyidagi yo`nalishlar bo`yicha ishlar taklif etiladi:

Erkaklar uchun:

* Qurilish ishlariga (malyar, payvandchi), ish haqi – 2500-3000 $;

* Fermer xo`jaligi ishlariga, ish haqi – 1600-2500 $;

* Mehmonxona ishlariga, ish haqi – 2500-3000 $;

* IT mutaxassisi, ish haqi – 3500-8000 $;

* Avtochilangar, ish haqi – 2500-3000 $;

* Maishiy texnika ustasi, ish haqi – 2500-4000 $.

Ayollar uchun

 * Enagalik, ish haqi – 2500-3000 $;

* Uy ishchisi, ish haqi – 2500-3000 $;

* Kassir (hisobchi), ish haqi – 2500-3000 $;

* Fermer xo`jaligi ishlariga, ish haqi – 2500-3000 $;

* Go`zallik saloni ishchisi, ish haqi – 2500-3000 $;

* Maktabgacha ta`lim muassasasi ishchisi, ish haqi – 2500-3000 $.

Tibbiyot sohasida:

* Anesteziolog, ish haqi 3500-5000 $;

* Xirurg, ish haqi 3500-6000 $;

* Kardiolog, ish haqi 3500-6000 $;

* Tibbiyot hamshirasi (birodari), ish haqi 3500-4000 $.

Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar:

* Xorijga chiqish pasportining elektron nusxasi;

* Rezyume (CV) elektron nusxasi;

* Ingliz tilini bilish darajasi – kamida IELTS 5.0 sertifikati.

Tanlovda ishtirok etish uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va uning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: ☎️ (71) 202 33 55.

Izoh: ish haqi o`rtacha oylik maoshi miqdorida ko`rsatilgan. Ushbu ma`lumot Kanadadagi ish beruvchilarning talablariga to`g`ri keladigan nomzodlarni aniqlash va ularning bazasini shakllantirish uchun e`lon qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar