Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani "Yangiobod" MFYda yashovchi, fuqaro M.F.ga turmush o`rtog`ining otasi 1947 yilda tug`ilgan Yu.E. tomonidan doimiy ravishda ruhiy tazyiq o`tkazib kelinayotganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB ma`lum qildi.
Mazkur holat IIB HPB xodimlari tomonidan o`rganilib, profilaktik ishlar olib borildi. Suhbat natijasi bo`yicha M.Yu.ga Oqdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan himoya orderi berilib, tegishli tartibda cheklovlar qo`yilgan.
Tazyiq o`tkazgan hamda ushbu tazyiqdan jabr ko`rgan fuqarolar bilan himoya orderi bo`yicha tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi xabarda.






