Avval xabar qilinganidek, 15 iyun sanasidan boshlab bir necha chet davlatlariga chiqishga ruxsat berildi. Chetga chiqish uchun koronavirusga test topshirish kerakmi? Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov javob berdi.
— Xorijiy davlatlarga safarga chiqishdan avval o`sha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga nisbatan olib borayotgan siyosat va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan tanishish zarur.
Agar borayotgan davlatda ushbu talab mavjud bo`lsa, laboratoriya tahlilidan o`tib, tegishli ma`lumotnomani olishlari kerak bo`ladi.






