Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo`limi ish yurituviga Yunusobod tuman Ma`muriy sudining 2020 yil 19 may kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor X.Abduvalievdan undiruvchi N.Burhonov foydasiga 27 mln. 219 ming 063 so`m moddiy zarar undirish to`g`risidagi ijro hujjati 2020 yil 8 iyun kuni kelib tushgan.
Shu kuni ijro ishi qo`zg`atilib, qo`zg`atish qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun tomonlarga yuborilgan. Bo`lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida, 2020 yil 11 iyun kuni 27.219.063 so`m etkazilgan moddiy zarar pul mablag`lari fuqaro N.Burhonovga to`liq undirilib berildi. Ijro hujjati "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish to`g`risida"gi Qonunning 41 moddasi 1-bandiga asosan, ijro hujjati ijrosi to`liq ta`minlandi.






