AsosiyJamiyat

Muhokamalarga sabab bo`lgan 110-yo`nalish avtobusidagi holatga “Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirdi

'Muhokamalarga sabab bo`lgan 110-yo`nalish avtobusidagi holatga “Toshshahartransxizmat” AJ  munosabat bildirdi'ning rasmi

Karantin davrida jamoat transportida rioya etilishi bo`yicha talablar joriy etilganidan xabaringiz bor. Ushbu talablarning bir qismi tashuvchi sifatida “Toshshahartransxizmat” AJ zimmasiga yuklatilgan bo`lsa, qolgan qismi bevosita yo`lovchilardan talab etilgan. Mazkur talablarni ijrosi bo`yicha “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan barcha ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay to`g`ridan-to`g`ri yo`lovchilar tomonidan karantin qoidalari buzilishi sezilarli darajada kuzatilmoqda. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yo`nalishlardagi tirband avtobuslar suratlari salbiy talqinda namoyish etilmoqda. Bu holatga “Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirdi. 

"Shu kunlarda muhokamalarga sabab bo`lgan 110-yo`nalish avtobusidagi holat shular jumlasidandir. Ma`lumot sifatida aytib o`tamizki, ushbu yo`nalishda barcha avtobuslar belgilangan jadval asosida xizmat ko`rsatmoqda. Ya`ni, 110-avtobus yo`nalishida 10 ta avtobus 15 daqiqa oraliq vaqti bilan muntazam harakatlanmoqda. Ta`kidlash joizki, har bir insonning salomatligi avvalo o`zi uchun muhim va u o`z sog`lig`iga birinchi o`rinda javobgar. Shunday ekan siz kutgan avtobusda tirbandlik bo`lsa, keyingi avtobusni kutib yo`lingizni salomatligingiz uchun xatarsiz davom ettirishingizni so`rab qolamiz" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar