Internet nashrlarida Qo`qon shahri soliq idorasida mehnat qonunchiligiga rioya etilmayotganligi haqida xabar tarqalgan edi. Mehnat vazirligi holatga izoh berdi.
"Mazkur ma`lumot bo`yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tekshiruv olib bordi. O`rganish davomida Qo`qon shahar Davlat soliq inspeksiyasining xodimlari bilan muloqot olib borildi. Ularning bergan ma`lumoti va tushuntirish xatlariga ko`ra, majburiy mehnat yoki ish vaqtidan tashqari noqonuniy ishga jalb etish holatlari sodir etilmagan" deyiladi munosabatda.






