Sog`liqni saqlash vazirligi 17 iyun kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 189 nafar bemordan 13 nafari aholi orasida bo`lib, bunda Toshkent shahrida 5 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida ham 3 nafar, Surxondaryo viloyatida esa 2 nafarni tashkil etgani haqida ma`lum qildi.
«Toshkent shahri ichki ishlar tizimi tergovchisida, Mirobod tumanida yashovchi fuqaroda (ikkalasida ham tana harorati ko`tarilgan va tomoqda og`riq kuzatilganligi sababli o`zlari borib namuna topshirgan), „O`zbekiston havo yo`llari“ AJning 2 nafar mutaxassisida (ishga chiqish uchun namuna topshirgan) kasallik qayd etilgan», — deyiladi xabarda.






