Andijon, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari savdo nuqtalarida qalbki “Konsentrat pishevoy«Domashniy bulon Rollton®”mahsuloti sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda "Darakchi"ga Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Joriy yilning boshida “SunechoLimited” chet el kompaniyasi “ROLLTON” savdo markazining egalik huquqi egasi sifatida bir qator davlat organlariga qilgan murojaatida mamlakatimizda chakana savdoda soxta mahsulot, oziq-ovqat konsentratidan tayyorlangan Rollton (“Konsentrat pishevoy “Domashniy bulon Rollton”” ) borligini ma`lum qildi.
Davlat soliq qo`mitasi “ROLLTON” savdo markasining qalbaki mahsulotlarini sotish faktlarini aniqlash bo`yicha ishni o`rganish jarayonida Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga xat yubordi.
“Konsentrat pishevoy«Domashniy bulon Rollton®”” qalbki mahsulotlarini o`rganish davomida ushbu mahsulot Andijon, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari savdo nuqtalarida sotilayotganligi aniqlandi.
Qalbaki mahsulotning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
- kesish chizig`i noto`g`riligi;
- qadog`idagi rasmning sifatsizligi;
- qadog`ida berilgan «Xalol» belgisi mos kelmasligi;
- qalbakilashtirilgan mahsulotlarni qadoqlashda ko`rsatilgan og`irlik (100g.) asl mahsulotning og`irligiga (90 g.) mos kelmasligi;
- sifatsiz qadoqlangani.






