16 iyun kuni fuqaro A.I. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasini Log`on MFY hududida orqa tomonga harakatlantirib, avtomashina orqasida bo`lgan piyoda voyaga etmagan R.M.ni urib yuborishi oqibatida R.M. og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Hurmatli haydovchilar!
Yo`l harakati qoidalariga amal qiling.Yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o`zingiz va boshqalar sog`lig`iga shikast etkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang!" - deyiladi xabarda.






