Sal avval Shayxontohur tumanida harakatlanib ketayotgan kamazning portlab ketgani aks etgan video va voqea yuzasidan birlamchi ma`lumot berilgan edi.
Ayni paytda Toshkent shahar IIBB sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi to`g`risida qo`shimcha ma`lumot berdi.
"18 iyun kuni taxminan soat 06.00 da Toshkent xalqa avtomobil yo`lidagi «Dilshod» kafesining yonida «KamAZ» rusumli yuk avtomobili haydovchisi 38 yoshli Munis I. yo`l chetida turgan reklama ustuniga to`qnashgan. YTH natijasida avtomobil salonida yong`in kelib chiqqan. Haydovchi olingan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko`z yumdi.
Hodisa ro`y bergan vaqtda reklam ustuni yonida taxminan 25-35 yoshli yigit bo`lgan, uning shaxsi aniqlanmoqda, hozirgi ma`lumtolarga ko`ra uning ismi Doston. U YTH joyida olgan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga etkazildi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadilar.
YTH sababi o`rganilmoqda. Marhumlarning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz", - deyiladi xabarda.






