AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 5 ta avtomashina to`qnashuvida 2 nafar yo`lovchi qurbon bo`ldi

'Sirdaryoda 5 ta avtomashina to`qnashuvida 2 nafar yo`lovchi qurbon bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 18 iyun kuni soat 10:20 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o`tgan M-34 avtomobil yo`lining 85 kilometrida YTH sodir bo`ldi. Unda haydovchi X.X. “Kaptiva” rusumli transport vositasini “Guliston-Toshkent” yo`nalishida boshqarib ketayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi S.M. boshqaruvida bo`lgan “Kobalt” rusumli transport vositasini quvib o`tishi natijasida to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

“Kaptiva” avtomashinasi yo`lning o`ng chetida to`xtab turgan “Damas” rusumli hamda “Kobalt” rusumli transport vositalariga, S.M. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi esa “Audi-100” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Damas” rusumli transport vositasi yo`lovchilari 1979 yilda tug`ilgan A.J. va 1982 yilda tug`ilgan Q.Q.  og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etishgan.

“Kobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi B.M. esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan yo`llarda harakatlanganda amaldagi yo`l harakati qoidalariga rioya qilishlarini, hadovchilar quvib o`tish qoidalari va tezlik me`yorlariga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz, deb ogohlantirmoqda IIB YHXBB.

    Boshqa yangiliklar