AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqda murojaat qilgan ayolning uyida nega tintuv o`tkazildi?

'Ijtimoiy tarmoqda murojaat qilgan ayolning uyida nega tintuv o`tkazildi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Muhabbat Niyozovaning prokuratura organ xodimlari uning yashash uyida tintuv tergov harakatlari o`tkazilganligidan noroziligi haqidagi videomurojaat tarqalgan edi. Ushbu murojaat yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Unda aytilishicha Qo`sh-yog`och oltin fayz baliqlari” MChJga baliq boqish, sun`iy xovuz tashkil etish uchun 49 yil muddatga ijara asosida 11,8 gektar er maydoni ajratilgan. Jamiyat rahbari J.Z. tomonidan unga ishonib topshirilgan va uning ixtiyorida bo`lgan 11,8 gektar er maydonidan tegishli ruxsatnoma olmasdan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 983-sonli qarori talablariga zid ravishda qazib olingan 70307,57 m3 qum-shag`al aralashmasidan 59618,01 m3 qum-shag`al aralashmasini sun`iy xovuz tashkil qilish uchun ishlatmasdan boshqa maqsadlarga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

X.Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining 21.01.2020 yildagi 29/20(507)19.1Z/791-sonli xulosasiga ko`ra 1 m3 qum-shag`al aralashmasi o`rta hisobda 10.500 so`m ekanligi ma`lum bo`lgan va yuqoridagi 59618,01 m3 qum-shag`al aralashmasini noqonuniy olib chiqib ketishi natijasida 625 989 105 so`mlik qum-shag`al aralashmasi rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan “Qo`sh-yog`och oltin fayz baliqlari” MChJ rahbari J.Z.ga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bundan tashqari, jamiyat rahbari J.Z.ning akasi B.Q. norasmiy rahbar sifatida faoliyat yuritib, jamiyatga tegishli baliq hovuzini qazdirish va boshqa ishlar bilan bevosita o`zi shug`ullangan.

Jinoyat ishini tergovi natijasiga ko`ra, J.Z.ga nisbatan ochilgan ish jinoyat ishlari bo`yicha sudga yuborilgan. B.Kuzievga nisbatan tergovdan yashiringanligi sababli qidiruv e`lon qilingan.  

Tuman IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan B.Kuzievni qidirib topish bo`yicha qidiruv yig`ma jildi yuzasidan tezkor tadbirlar o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar