2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish ishlari dasturi doirasida 19 iyundan 5 iyulga qadar Mirzo Ulug`bek tumani Do`rmon yo`lidan o`tgan magistral issiqlik quvurini kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan Do`rmon yo`li ko`chasining Ziyolilar va Mirzo Ulugbek ko`chalari kesishmasi oralig`idagi yo`lning bir tomonlama qatnov qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
"Haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo`llardan foydalanishlarini so`rab qolamiz", -deyiladi xabarda.
«Toshissiqquvvati» DUK noqulayliklar uchun uzr suraydi






