AOKA huzuridagi shtabda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Eshmamatov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi:
Xususan, 5 iyundan basseynlar faoliyatiga ruxsat berildi. Bu bilan "yashil" hududda bemalol suv sporti bilan shug`ullanish mumkinmi, degan savolga aniqlik kiritildi.
"Basseynlar faoliyatiga “yashil” hududlarda ruxsat berilgan bo`lib, bunda faqat o`sha hududdagi sport ta`lim muassasalarining yosh sportchilari mashg`ulotlar olib borishi mumkin.
Sog`lomlashtirish guruhlari va aholi vakillariga esa xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, hozircha ruxsat berilgani yo`q", -deya javob qaytarildi.






