1

Senat tomonidan “Innovasion faoliyat to`g`risida”gi va "Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida"gi Qonunlar ma`qullandi

Siyosat 19.06.2020, 11:39
Senat tomonidan “Innovasion faoliyat to`g`risida”gi va "Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida"gi Qonunlar ma`qullandi

Qonunda innovasiya va innovasion faoliyatga oid asosiy tushunchalar, innovasion faoliyatning prinsiplari va uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, innovasion faoliyatga investisiyalarni jalb etishga ko`maklashish, bu borada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari hisoblanishi ham bayon etilgan.  

Shuningdek, Senat tomonidan “Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi  Qonun  ma`qullandi

Qonunda energiya samaradorlik ko`rsatkichlariga tovarlarning muvofiqligi bo`yicha majburiy sertifikatlanishi to`g`risidagi norma belgilanmoqda (http://senat.uz/uz/lists/view/1550).  

Mutasaddilarga energiya samaradorligini oshirish va yoqilg`i-energetika resurslarini tejash ko`rsatkichlarini aniqlash metodikasini hamda maqsadli ko`rsatkichlarini tasdiqlash, energiyadan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yuzasidan qonunchilik talablariga rioya etilishi bo`yicha davlat nazorati tartibini belgilash vazifalari yuklatilmoqda.

Ma`qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e`lon qilingach rasmiy kuchga ega bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1