Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 19 iyun kuni soat 08:50 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Mirzo Ulug`bek ko`chasida haydovchi 1984 y.t. A.D. (erkak) “Mercedes-Benz” rusumli transport vositasida ortga qayrilib olayotgan vaqtda ushbu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1992 y.t. D.M. (erkak) boshqaruvidagi “Nexia 3” rusumli transport vositasi bilan to`qnashib, YTH sodir etgan.
To`qnashuv oqibatida “Neksiya 3” rusumli transport vositasining dvigatel qismida yong`in yuzaga kelgan va o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Natijada, “Nexia 3” rusumli transport vositasi haydovchisi D.M. va yo`lovchisi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






