1

Senat Raisi ota-onalarga murojaat qildi

Siyosat 19.06.2020, 14:25
Senat Raisi ota-onalarga murojaat qildi

Senat majlisida Tanzila Norboeva ota-onalarga murojaat qildi:

- Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so`zlari ahamiyati bugun oshgan bo`lsa oshganki, aslo pasaygan emas. Barchamiz – onamiz, otamiz va o`z farzandlarimiz ta`lim-tarbiyasi uchun mas`ulmiz. Lekin tan olib aytishimiz kerak, bugungi o`quvchi ham, ota-onalar ham kechagi emas.

Qo`pol eshitilgani bilan aslida teran ahloqiy ma`noga ega bo`lgan “Eti sizniki, suyagi bizniki”, degan gaplarga, afsuski, eskilik sarqiti sifatida qaralmoqda. Maktablarda erkak o`qituvchilarning kamayib ketgani ham katta muammo, aslida. Farzandining arzimagan shikoyati uchun maktabga yugurib kelib o`qituvchiga “tashlanish”dan ko`pchilik ota-onalar uyalmay qo`ydi. Bu esa jamiyatda o`qituvchi maqomining obro`sizlanishiga olib kelmoqda.

Hurmatli ota-onalarga murojaat qilmoqchiman: farzandim hayotda o`z o`rnini topishda qiynalmasin, mustaqil fikrli, mulohazali inson bo`lib voyaga etsin desangiz bolangiz qalbida o`qituvchiga ehtirom hissini tarbiyalang va  o`zingiz  ham  ustozlarni  e`zozlang. O`qituvchi o`quvchi yoki uning ota-onasi tomonidan oyoqosti qilinadigan odam emas, balki ziyo tarqatuvchi inson, kerak  bo`lsa  hammadan  bir  pog`ona  yuqori  turuvchi  shaxsdir. Albatta, qonunda javobgarlik belgilab qo`yish bilan bu kabi muammolar o`z-o`zidan hal bo`lib qolmaydi.

Bu ijtimoiy ong darajasiga etishi, umummilliy harakatga aylanishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1