AsosiyJamiyat

Yana 74 bemor koronavirusdan sog`aydi. Jami tuzalganlar 4273 nafar bo`ldi

'Yana 74 bemor koronavirusdan sog`aydi. Jami tuzalganlar 4273  nafar bo`ldi'ning rasmi

Bugun poytaxtimizdagi  Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 52 nafar va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar hamda Samarqand viloyatida 6 nafar, jami 74 nafar bemor sog`ayib, o`z uylariga kuzatildi, deya xabar berdi SSV.

Shunday qilib, endilikda poytaxtimiz va Toshkent viloyatida 3437 holatda kasallik qayd etilishi barobarida 2198 nafar bemor  sog`aydi. Ayni paytda shifokorlarimiz poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 1228 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.

Samarqand viloyatida esa 397 holatda kasallik aniqlangan bo`lsa, shundan  378 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig` bo`ldi. Hozirda viloyatda 17 nafar bemor davolanmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimizda 5855 nafar kasallikka chalingan bemorlarning 4273  nafari sog`aydi. Shifokorlarimiz mamlakatimizning o`nta xududidagi davolash muassasalarida koronavirus infeksiyasidan qiynalayotgan bemorlarimizga kerak muolajalarni ko`rsatishmoqda.

    Boshqa yangiliklar