Cuvga cho`kayotgan go`dak qutqarib qolindi, deya xabar qilmoqda FVV.
2020 yil 18 iyun kuni soat 11:10lar atrofida Toshkent viloyati Bekobod tumani “O`zbekiston” mahalla fuqarolar yig`ini hududidan oqib o`tuvchi “Xosyoz” kanalining qirg`oqbo`yi hududida Toshkent viloyati FVB Bekobod shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limiga qarashli Yong`in-qutqaruv qism qutqaruvchisi serjant Jasur Umirzakov suv havzalarida fuqarolar xavfsizligini ta`minlash bo`yicha profilaktik ishlarni olib borayotgan vaqtda, kanalda go`dak oqib ketayotganligini ko`rib qolgan.
Xaloskor hech o`ylab o`tirmay, darhol o`zini suvga tashlagan. Go`dakni kanaldan olib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatgan va ota-onasiga topshirgan. Voqea joyiga chaqirtirilgan tez-tibbiy yordam xizmati go`dakni shifoxonaga olib ketgan.
Hozirda bolajonning sog`lig`i yaxshi, deyiladi xabarda.






