1

Senatorlar qaysi qonunularni ma`qullashdi va rad etishdi?

Siyosat 19.06.2020, 16:12
Senatorlar qaysi qonunularni ma`qullashdi va rad etishdi?

Avval xabar berganimizdek, bugun, 19 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bugun bir nechta qonunlar muhokamasi bo`lib o`tdi. Ularning ayrimlari senatorlar tomonidan ma`qullandi, shu bilan birga qaytarilgan qonun loyihasi bo`ldi.

Senatorlar tomonidan ma`qullanganlar:

1️⃣ “Innovasion faoliyat to`g`risida”

2️⃣ “Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida”

3️⃣ “Ov qilish va ovchilik xo`jaligi to`g`risida”

4️⃣ “Geodeziya va kartografiya faoliyati to`g`risida”

5️⃣ “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta`minlashga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”

6️⃣ “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”

7️⃣ “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar o`rtasida hamkorlikdagi harbiy o`quvlarni o`tkazish to`g`risidagi Bitimga qo`shimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani ratifikasiya qilish to`g`risida”

8️⃣ “O`zbekiston Respublikasining Bo`g`uvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qo`llanilishini taqiqlash to`g`risidagi Protokolga qo`shilishi haqida”

Rad etishdi:

 “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to`g`risida"

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1