AsosiyJamiyat

O`qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqaro va mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi

'O`qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqaro va mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi'ning rasmi

Bugun o`z ishini boshlagan Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboeva maktab o`quvchilarining ota-onalariga alohida murojaat bilan chiqdi. 

Senat raisining aytishicha, farzandining arzimagan shikoyati uchun maktabga yugurib kelib o`qituvchiga “tashlanish”dan ko`pchilik ota-onalar uyalmay qo`ydi.

Endilikda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`qituvchilarning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to`sqinlik qilish bog`liq qo`shimcha kiritilmoqda. Unga ko`ra, o`qituvchining o`quvchilar bilimini baholashiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki boshqa hollarda uning ishiga to`sqinlik qilganlik uchun javobgarlik ko`zda tutilmoqda. Ya`ni fuqarolarga bazaviy hisoblashning 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 15 baravarigacha jarima belgilanmoqda.

Mazkur qo`shimcha ko`zda tutilgan qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi. Prezident tomonidan imzolanib, matbuotda rasman e`lon qilingach kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar