AsosiyJamiyat

Rasul Kusherbaev Senat tomonidan rad etilgan qonunni ayrim idoralarning harakatlariga nisbatan “salbiy” signal deya baholadi

'Rasul Kusherbaev Senat tomonidan rad etilgan qonunni ayrim idoralarning harakatlariga nisbatan “salbiy” signal deya baholadi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun o`z ishini boshlagan Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni rad etildi. Deputat Rasul Kusherbaev ayni holatga munosabat bildirdi:

"Qonun rad etilishining asoslarida bir qator kamchiliklar keltirilishiga qaramay, Senatning ushbu pozisiyasi so`nggi voqealar fonida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar huquqlarini muxofaza qilishga mas`ul bo`lgan idoralarning harakatlariga nisbatan “salbiy” signal, deb tushunsa ham bo`ladi.  

Senat raisining so`nggi vaqtlarda mas`ullarning harakatlari sabab  jamoatchilik tomonidan keng muhokamalarga sabab bo`layotgan muammolarga xalq vakillarining e`tibori sustligi masalasidagi jiddiy tanqidi ham buni ko`rsatib turibdi.

Nima bo`lishidan qat`iy nazar xalq vakillari yuzlab, kerak bo`lsa minglab kishilardan iborat "armiya"ga ega qaysidir idora yoki organning tarafida emas, oddiy insonlar tarafida bo`lishi lozimligini vaqtning o`zi yana bir bor ko`rsatib turibdi. Shunda o`zaro balans bo`ladi, haqiqatga etib borish imkoniyati oshadi, bo`lmasa aksi: haqiqat “bitta”da sinadi",  - deya mulohaza bildirgan deputat. 

    Boshqa yangiliklar