AsosiyJamiyat

Аyni paytda koronavirus yuqtirganlar 26 nafarga ko`paydi. Ularning barchasi xorijdan kelgan va bemor bilan muloqotda bo`lgan

'Аyni paytda koronavirus yuqtirganlar 26 nafarga ko`paydi. Ularning barchasi xorijdan kelgan va bemor bilan muloqotda bo`lgan'ning rasmi

SSV xabariga ko`ra 2020 yil 19 iyun soat 23:00 holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5946 (+26) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari esa Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4273 (+74) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1654 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar