Oltinsoy tumanida 17 iyun kuni taxminan soat 16.30 larda tumanning “Guliston” mahallasi hududidan o`tuvchi 4R-100 avtomobil yo`lining 155-km.da, Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi A.A. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashinasi bilan “Boysun-Denov” yo`nalishi bo`ylab harakatlanib borib, yo`lning qarama-qarshi yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Denov tumanida yashovchi S.A. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashinasi yo`liga chiqib ketib to`qnashgan. Natijada denovlik "Neksiya" rusumli avtomashina haydovchisi S.A. “hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir” tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan 17 iyun kuni A.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deyiladi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.






