AsosiyJamiyat

Olimlar koronavirusni uy sharoitida davolasa bo`ladigan ingalyatorni ixtiro qilishdi

'Olimlar koronavirusni uy sharoitida davolasa bo`ladigan ingalyatorni ixtiro qilishdi'ning rasmi

Britaniyada Sautgempton universiteti olimlari koronavirusni mustaqil davolash uchun mo`ljallangan ingalyatorni kashf etishdi. 

Ta`kidlanishicha, qurilma kasallikning erta bosqichida terapiya uchun mo`ljallangan. Tadqiqot mualliflarining so`zlariga ko`ra, agar COVID-19 vaqtida davolanilsa, o`ta jiddiy asoratlarning oldini olish mumkin.

Ingalyator yordamida eksperimental dori vositasi qo`llaniladi. Bemor nafas olganda dori o`pkaga tushib, immun tizimning infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradi. Olimlarning aytishicha, SNG-001 nomli preparat dori o`rnida foydalaniladi. U mayda chang zarralaridan iborat bo`lib, o`pkaga chuqur kira oladi.

Tadqiqot chog`ida ingalyator koronavirusning ilk alomatlari paydo bo`lgandan so`ng 72 soat davomida bemorlarga beriladi.

    Boshqa yangiliklar