1

«Eski jo`va»dagi savdo joyi uchun 500 dollar pora so`ragan bozor xodimi qo`lga tushdi

Jinoyat 20.06.2020, 10:41
«Eski jo`va»dagi savdo joyi uchun 500 dollar pora so`ragan bozor xodimi qo`lga tushdi

Toshkent shahar IIBBga 23 may kuni xususiy tadbirkor Bahrom M. ariza bilan murojaat qildi. Arizaga qaraganda, tadbirkorning oziq-ovqat do`koni joylashgan “Eski-Juva” bozori ma`muriyati vakili undan ishini davom ettirishi uchun 500 AQSh dollari va 500 ming so`mlik mevalarni talab qilgan.

O`zini Umid deb tanishtirgan erkak savdo joylarini ko`zdan kechirayotganda Bahrom ijara pulini o`z vaqtida to`lamayotgani va savdo joyi chegaradan chiqqanini ma`lum qilgan. Tadbirkor gaplari natija bermagan. Umid esa ishni davom ettirish uchun “pul to`lashni” talab qilgan.

Bahrom M.ning arizasiga binoan Toshkent shahar IIBB JQB iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo`limi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus operasiya tuzib, operasiya davomida “Eski-Juva” AJ bo`limi mutaxassisi bo`lmish Umid Yu.ni 500 AQSh dollari olayotgan vaqtida qo`lga olishdi. 

Mazkur fakt asosida jinoiy ish qo`zg`atildi. Tergov olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1