1

Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shug`ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo`yildi

Jinoyat 20.06.2020, 11:49
Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shug`ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo`yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o`tkazish bilan shug`ullangani aniqlandi.

U 2019–2020 yillarda internet tarmog`idagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln. AQSh dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko`rinishidagi mablag`larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini o`tkazib kelgani, “Bitcoin” oldi-sotdisi bilan lisenziyasiz shug`ullanganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish)  va 190-moddasi (Faoliyat bilan lisenziyasiz shug`ullanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1