AsosiyJamiyat

Ertaga Moskva va Ekaterinburgga charter reyslar tashkil etiladi

'Ertaga Moskva va Ekaterinburgga charter reyslar tashkil etiladi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati  21 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar haqida e`lon qildi.

✈Toshkent — Moskva — Toshkent

✈Toshkent — Ekaterinburg — Toshkent

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi. 

O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar