AsosiyJamiyat

Bir tup nasha jinoiy ish ochilishiga sabab bo`ldi

'Bir tup nasha jinoiy ish ochilishiga sabab bo`ldi'ning rasmi

16 iyun kuni, Termiz shahar Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan  tadbir o`tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.  Unda, shaharning “Chegara” mahallasida yashovchi O.R.ning yashash uyi va yordamchi xo`jaliklari ko`zdan kechirilganida, tomorqasiga 1 tup “Nasha” giyohvandlik o`simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli ravishda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan 19 iyun kuni O.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar