AsosiyJamiyat

Virus bilan kasallanganlar soni oshdi. Toshkent shahridan 9 nafar bemor aholi orasida aniqlangan

'Virus bilan kasallanganlar soni oshdi. Toshkent shahridan 9 nafar bemor  aholi orasida aniqlangan'ning rasmi

2020 yil 20 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6119 (+94) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi.  

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1827 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar