AsosiyJamiyat

Senator Denov bozoridagi muammoni o`rgandi va nazoratga oldi

'Senator Denov bozoridagi muammoni o`rgandi va nazoratga oldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi eski “Dehqon (oziq-ovqat) bozori”da faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh sotuvchilarning videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda qizg`in muhokama qilinmoqda. Videomurojaatda Denov dehqon bozori buzilishi tufayli ushbu hududda savdo qilayotgan tadbirkorlar va mahalliy yashovchilarning zarar ko`rayotgani, zararini qoplab berish mahalliy byudjetga yuklangani, ammo hozirda koronavirus pandemiyasi tufayli mahalliy byudjetdan sotuvchilarga to`lovlar to`lanmayotgani to`g`risida fikrlar bildirilgan.

Senat axborot xizmati xabar qilishicha, kuni kecha Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Odiljon Iminov hamda Surxondaryo viloyatidan saylangan senator Arziqul Soatov muammoni joyiga borib o`rgangan. Eski “Dehqon (oziq-ovqat) bozori”da faoliyat yuritayotgan sotuvchilar bilan suhbatlashgan. 

Sotuvchilar hozirda yangi qurilgan bozor xaridorlar borishiga o`rgangunga qadar ularning savdosiga ta`siri qilishi mumkinligi, biroq bu ma`lum muddat ekanini aytishgan. 

Senat Ishchi guruhi ushbu vaziyatni o`rganib chiqdi va masalani o`z nazoratiga oldi.

    Boshqa yangiliklar