Mavsumning shu kuniga qadar Toshkent viloyatida 7 nafar turli yoshdagi fuqarolar cho`milish taqiqlangan hududlarda cho`milib, o`z ehtiyotsizligi natijasida suvda cho`kib ketish holatlari aniqlangan. Bu haqda O`rta Chirchiq tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i Nuriddin Xakimdjanov ma`lum qiladi.
Cho`milish mavsumida qo`riqlanmaydigan suv havzalarida aholi cho`milishini cheklash, suvda cho`kish bilan bog`liq baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan O`rta Chirchiq tumani Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 15 marotaba reyd o`tkazilib, 277 nafar turli yoshdagi bolalar va fuqarolar qo`riqlanmaydigan suv havzalarida cho`milayotgan aholini cho`milishiga yo`l qo`ymaslik va cho`kish bilan bog`liq baxtsiz xodisalarni oldini olish bo`yicha tushunchalar berilgan. Shunga qaramasdan, tumanning ayrim joylarida nazoratsiz o`smir va yosh bolalar tomonidan cho`milish holatlari kuzatilmoqda.
O`rta Chirchiq tumani hududida "Toshkent dengizi", daryo va ko`plab soylar, kanal mavjud. Shu bois, fuqarolardan quyidagi holatlarga yo`l qo`ymaslik talab etiladi:
- ochiq suv havzalari – daryo, soy va kanallarda cho`milish qoidalarini bilmagan holda cho`milish;
- spirtli ichimliklar iste`mol qilgan holatlarda cho`milish;
- yosh bolalarning nazoratsiz cho`milishi;
- tungi vaqtda cho`milish;
- tana harorati qizib turgan vaqtda cho`milish;
- chuqurlik sathini bilmay turib suvga sakrash;
- cho`milish uchun belgilanmagan suv havzalarida cho`milish qat`iyan man qilinadi.






