Bugun poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, 3-sonli tug`ruq majmuasida esa 1 nafar, jami 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uylariga kuzatildi.
SSV xabariga ko`ra, tuzalganlarning 5 nafari erkak, 12 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 60 yoshda bo`lsa, yoshi kichigi 2020 yil tug`ilgan chaqaloq.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar 2215, mamlakatimiz bo`ylab esa 4290 nafarga etdi.






