AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qabulning birinchi kunida necha nafar abiturient OTMga hujjat topshirgani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda qabulning birinchi kunida necha nafar abiturient OTMga hujjat topshirgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 20 iyundan  respublika oliy ta`lim muassasalariga 2020/2021 o`quv yiliga uchun o`qishga kirish uchun abiturientlarni onlayn ro`yxatdan o`tkazish boshlandi.

2020 yil 20 iyun soat 18:00 holatiga respublika bo`yicha jami 14 524   nafar abiturient ro`yxatdan o`tdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.

Shundan, ta`lim shakli bo`yicha:

*kunduzgi – 9 325 nafar;

* sirtqi – 4 933 nafar;

* kechki – 266 nafar.

 Hududlar miqyosida:

* Toshkent shahri va viloyati – 5 979 nafar;

* Andijon viloyati – 1 546 nafar;

* Samarqand viloyati – 1 412 nafar;

* Farg`ona viloyati – 854 nafar;

 *Namangan viloyati – 815 nafar;

* Surxondaryo viloyati – 792 nafar;

* Qashqadaryo viloyati – 617 nafar;

* Buxoro viloyati – 590 nafar;

* Navoiy viloyati – 472 nafar;

* Sirdaryo viloyati – 394 nafar;

* Qoraqalpog`iston Respublikasi – 360 nafar;

* Jizzax viloyati – 354 nafar;

* Xorazm viloyati – 339 nafar.

  Tillar kesimida:

* o`zbek tilida – 12 011 nafar (82,7%)

*rus tilida – 2309 nafar (15,8%)

* qoraqalpoq tilida – 149 nafar (1,2%)

*boshqa tillarda – 55 nafar (0.3%).

Eng ko`p abiturient ro`yxatdan o`tgan OTMlar:

* Andijon davlat universiteti – 844  nafar;

* Toshkent davlat pedagogika universiteti -  736 nafar;

* Samarqand davlat universiteti – 663 nafar;

* Namangan davlat universiteti – 550 nafar;

* Termiz davlat universiteti – 532 nafar.

Eslatib o`tamiz, abiturientlarni ro`yxatdan o`tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar