SSV Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, bugun mamlakatimizda 207 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 179 nafari Karantin muassasalarida, 19 nafari aholi orasida (shundan 13 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari Surxondaryo hamda yana 1 nafari Xorazm viloyatida), qolgan 9 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Avval xabar qilganimizdek, bugun 17 nafar fuqaro sog`aydi. Ularning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6153 nafar bemordan 4290 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizning o`nta xududidagi shifoxonalarida davolanayotgan 1844 nafar bemordan 14 nafari og`ir, 1 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 37 812 nafar, stasionar karantinda esa 23 015 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.






