1

Evropalik olimlar qaysi qon guruhidagi odamda koronavirus qanday kechishini aniqlashdi

Salomatlik 21.06.2020, 00:12
Evropalik olimlar qaysi qon guruhidagi odamda koronavirus qanday kechishini aniqlashdi

Evropalik olimlarning fikriga ko`ra, koronavirusning insonda og`ir yoki engil kechishi uning qon guruhi va nasliy xususiyatlariga bog`liq bo`ladi.

17 iyun kuni “The New Englad Journal of Medicine” jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, A qon guruhiga ega odamlarning koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori va ularda ushbu kasallik og`irroq kechadi.

Germaniyalik Doktor Andre Franke va Oslo universiteti kasalxonasida ishlaydigan Tom Karlson boshchiligidagi tadqiqotchilar Evropada koronavirus o`zining eng yuqori nuqtasiga chiqqan paytida uni qiyinchilik bilan o`tkazayotgan bemorlarning turiga o`xshash odamlarni topish uchun 4000 dan ziyod insonning genini o`rganib chiqishdi.

Ma`lum bo`lishicha, geni turli xil nasllarning yig`indisidan tashkil topgan bemorlarda COVID-19 og`ir kechadi.Shunigdek,koronavirusning xavflilik darajasi A qon guruhiga ega bemorlarda boshqa qon guruhidagilardan 45 foizga yuqori bo`ladi.

“Umid qilamizki,ushbu va boshqa kashfiyotlar COVID-19 ni yaxshiroq tushunishimizga yo`l ochadi. Shuningdek,ular nasliy tekshiruvlar va insonning qon guruhi bemorlarda koronavirusning qaysi darajasi bo`lishi mumkinligi haqida foydali ma`lumotlarni olish imkonini beradi”, deydi AQSh Sog`liqni saqlash milliy institutlari direktori Fransis Kollins.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1