AsosiyJamiyat

Buxoroda koronavirusga chalinganlarning 11 nafari aholi orasidan aniqlandi

'Buxoroda koronavirusga chalinganlarning 11 nafari aholi orasidan aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 21 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6216  nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holati 63 taga ortgan. Ularining 48 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4290 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog`aygan. 1907 nafar bemor davolanishda. Ulardan 15 nafari og`ir, 1 nafari o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar