AsosiyJamiyat

5 kunda haydovchilardan 70 ga yaqin pichoq va o`tkir tig`li jismlar olib qo`yildi

'5 kunda haydovchilardan 70 ga yaqin pichoq va o`tkir tig`li jismlar olib qo`yildi'ning rasmi

So`nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar o`rtasida sodir bo`layotgan o`zaro tortishuvlar va uning ortidan pichoqbozliklar haqidagi turfa xabarlar tez-tez ko`zga tashlanmoqda.

Turli ko`ngilsiz hodisalar va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida IIBB YPX xodimlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Inspektorlar tomonidan tekshirish uchun to`xtatilgan transport vositalarini ko`zdan kechirish jarayonida avtoulovda har xil turdagi pichoqlar, boshqa o`tkir tig`li moslamalar borligi aniqlanyapti.

Jumladan, Toshkent viloyati IIBB YPX inspektorlari tomonidan 5 kun davomida o`tkazilgan tadbirda 500 ga yaqin avtotransport vositalari ko`zdan kechirilgan bo`lsa, ularning 64 tasidan turli xil pichoqlar va o`tkir tig`li jismlar borligi aniqlangan.  

"Fuqarolarning aksariyati go`yoki «o`zining xavfsizligini ta`minlash uchun» pichoq olib yurganligini aytayotgan bo`lsa, ayrimlari pichoq va jismlarni avtomobilida nima uchun olib yurganligini izohlab ham bera olmaydi" deyiladi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar