AsosiyJAMIYAT

Uyi buzilib, ijarada yashayotgan termizlik fuqaroning Senatga qilgan murojaati ijobiy hal etildi

Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari...

'Uyi buzilib, ijarada yashayotgan termizlik fuqaroning Senatga qilgan murojaati ijobiy hal etildi'ning rasmi

Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Odiljon Iminov Surxondaryo viloyatida fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o`rgandi.

Jumladan, fuqaro J.Doniyorovning Oliy Majlis Senati Raisining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yo`llagan murojaati ko`rib chiqildi. Termiz shahar hokimining qaroriga binoan uy-joyi buzilganligi hamda hozirda ijarada yashayotganligini bildirib, ijara pullarini to`liq olishda amaliy yordam berishni so`rab yozgan arizasi ijobiy hal etildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko`rsatma berildi va senator nazoratiga olindi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qiladi. 

    Boshqa yangiliklar