AsosiyJamiyat

Turin universiteti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Kuni kecha Toshkentdagi Turin politexnika universitetida bitiruvchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

Universitetning barcha bitiruvchilari uchun muhim bo`lgan tadbirga faxriy mehmonlar, universitet rahbariyati, o`qituvchilar va talabalar hamda bitiruvchilarning oila a`zolari tashrif buyurishdi.

Bitiruvchilarga diplom topshirish va ularni qutlash uchun Italiyadagi Turin politexnika universiteti rektori, professor Marko Jilli ham yurtimizga keldi va tadbirda ishtirok etdi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, barcha talabalar diplom himoyasi uchun qilgan ilmiy ishlari bo`yicha yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarlikga ega ekanliklarini ko`rsatishdi. Bundan tashqari bitiruvchilarning bir qanchasi allaqachon yurtimiz avtomobil sanoati tizimidagi korxona va tashkilotlarda doimiy ish o`rniga ega bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar